Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Surxondaryo viloyatining Denov, Xorazm viloyatining Yangibozor hamda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Denov tumanida “X.” fermer xo‘jaligi rahbari J.X. dala yer maydonida elektr suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 314,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Shuningdek, Yangibozor tumanidagi “R.Y.” va “Sh.B.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga ulab, jami 213,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Bundan tashqari, Baliqchi tumanida “X.” fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi G‘.U. 100,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
10:09 / 31.03.2026
Surxondaryoda pensionerlar ishtirokidagi narkoguruh fosh etildi
17:58 / 17.03.2026
Namanganda soliq qarzdorligi 1 mln so‘mdan oshsa, elektr uchun to‘lov cheklanadi
08:22 / 13.03.2026
Namangan va Surxondaryoda mansabdorlarning noqonuniy harakatlari to‘xtatildi
10:53 / 12.03.2026