Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
So‘nggi bir yildan ortiq vaqt davomida Yangiyo‘l shahar hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Shahar hokimi lavozimiga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan Ravshan Raimov tayinlandi.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri hokimi Dilshod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirokida o‘tgan Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Uning o‘rniga Ravshan Isoqjonovich Raimov shaharning yangi hokimi etib tayinlangan.
Ravshan Raimov 1976 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi.
U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020–2023 yillarda Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Dilshod Sultonov 2023 yilning avgust oyida Yangiyo‘l shahri hokimi lavozimiga tayinlangandi. U1980 yilda tug‘ilgan, 2002 yilda Toshkent temiryo‘l muhandislari institutini tamomlagan, mutaxassisligi — iqtisodchi.
Moliya vazirligi tizimida ish faoliyatini 2003 yildan boshlagan. 2003–2012 yillarda Moliya vazirligining soliq siyosati boshqarmasi bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i. 2013–2017 yillarda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshlig‘i, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimlarida ishlagan. 2017–2018 yillarda moliya vazirligining Davlat budjeti bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
2018 yil sentabridan 2023 yil avgustiga qadar moliya vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron tashqi ishlar vaziri Arag‘chi Moskvaga tashrif buyuradi
Jahon | 12:30
-
Farg‘onada Ulsan-O‘zbekiston kemasozlik bo‘yicha o‘qitish markazi ochiladi
Iqtisodiyot | 12:20
-
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi
Jahon | 12:10
-
Ichimlik suvi va kanalizatsiya: raqamlar yaxshilanyapti, lekin ular qanchalik haqqoniy?
O‘zbekiston | 12:07
Mavzuga oid

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025
Milliy tibbiyot markazida komadagi bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi

20:30 / 18.03.2025