Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
Eron prezidenti «mamlakatning yadroviy faoliyatiga oid shubhalarni yo‘qotish uchun» MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Foto: Irna
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon Xalqaro atom energiyasi agentligi rahbari (MAGATE) Rafael Grossi bilan uchrashdi, deb xabar beradi Irna agentligi.
«Oliy rahnamoning fatvosiga asosan biz biror bir usulda yardoviy qurol yaratishga intilmaganmiz va bundan keyin ham intilmaymiz, hech kim bizni bu siyosatdan og‘ishtira olmaydi», — deydi Pizishkiyon.
Shuningdek, u «mavjud muammolarni hal etish va Eronning tinch yadroviy faoliyatiga oid shubhalarni yo‘qotish uchun» MAGATE bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Pizishkiyonning so‘zlariga ko‘ra, Eronning yadvoriy dasturi faqat tinchlik maqsadlariga qaratilgan va MAGATEning barcha talablariga mos keladi.
Bundan tashqari, Eron prezidenti mamlakat yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvdagi barcha majburiyatlarini bajarganini, ammo AQSh bir tomonlama tartibda undan chiqib ketganini ta’kidladi.
Grossi Eronga muzokaralar o‘tkazish uchun kelgan. U Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi va Eron yadroviy idorasi rahbari Muhammad Islom bilan ham uchrashuvlar o‘tkazgan. 14 noyabr kuni MAGATE direktori mamlakat hududidagi bir nechta yadroviy obektlarga tashrif buyurib, Eron yadroviy dasturining rivojlanishi borasidagi to‘liq kartina bilan tanishdi.
2015 yilda Eron va xalqaro vositachilar «oltiligi» – BMT Xavfsizlik Kengashining beshta doimiy a’zosi bilan Germaniya – Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasini (QHR) tuzdigandi, unga ko‘ra Tehron xalqaro va bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilish evaziga o‘z yadroviy dasturini rivojlantirishni cheklashi shart edi.
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp 2018 yilda Qo‘shma Shtatlarni ushbu kelishuvdan bir tomonlama chiqarib tashladi va Eronga qarshi sanksiyalarni tikladi, bu esa Tehronni kelishuvning ayrim shartlarini bajarishdan asta-sekin voz kechishga undadi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
O‘zbekiston | 09:56
-
Mutaxassis Toshkentda kuzatilgan chang bo‘roni sabablarini ma’lum qildi
O‘zbekiston | 09:24
-
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston merganlari Turkiyadagi musobaqada yana oltin medal oldi
O‘zbekiston | 08:34
Mavzuga oid

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

12:18 / 15.05.2025
Eron AQSh ishtirokida uranni boyitish bo‘yicha konsorsium tuzishni taklif qildi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

15:46 / 13.05.2025