Jamiyat | 16:34
2830
2 daqiqa o‘qiladi

“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat

O‘zbekistonda go‘zal va betakror manzillar ko‘p, lekin Arashan buloq va uning atrofidagi ko‘llardek betakror joyni topish qiyin. Qishin-yozin 37 gradus iliqlikda chiqadigan buloq, cho‘ponlar hayoti, dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘lni ko‘rsatish uchun “Manzil” loyihasi yana sayohatga otlandi.

Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan Arashansoy va Arashan buloq Chotqol tog‘ tizmasida Pop ixtisoslashgan davlat  o‘rmon  xo‘jaligi yerlari hududida joylashgan.

Buloq atrofida Uzunko‘l, Yetimko‘l, Oynako‘l va eng katta ko‘l Tulporko‘l joylashgan.

Ko‘llarning joylashuvi bir-biriga yaqin bo‘lsa-da, ularning suv rangi, harorati va atrofidagi manzaralari turfa xil.

Eng yuqorida joylashgan Tulporko‘lning yoniga borgan odam o‘zini boshqa olamga tushib qolganday his qiladi. Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi deganlaridek, ko‘rsatuvni ko‘rib bunga amin bo‘lasiz.

Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun

Mavzuga oid