Hongkongda 2019 yilgi norozilik namoyishlarining 45 nafar yetakchisiga hukm o‘qildi
Hukumatni ag‘darishga til biriktirganlikda ayblangan muxolifatchilar to‘rt yildan o‘n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Eng katta jazo muddati Hongkong universitetining sobiq professori - 60 yoshli Benni Tayga tayinlandi.

Foto: AFP
Hongkong sudi 2019 yil yozda orolda yuz bergan norozilik namoyishlarining 45 nafar yetakchisiga hukm chiqardi, deb xabar beradi The New York Times.
Hukumatni ag‘darishga til biriktirganlikda ayblangan muxolifatchilar to‘rt yildan o‘n yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi. Eng katta jazo muddati Hongkong universitetining sobiq professori, 60 yoshli Benni Tayga tayinlandi — 10 yil. Namoyishlarning yana bir yetakchisi — 28 yoshli Joshua Vong 4 yil 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sudda aybiga iqror bo‘lganidan keyin uning jazo muddati qisqartirilgan.
Umumiy hisobda ishga aloqador 20 kishiga besh yildan yetti yilgacha, 24 nafariga esa to‘rt yildan jazo muddati belgilangan. Shuningdek, ikki nafar sudlanuvchi oqlangan.
NYT’ning qayd etishicha, keng ko‘lamli ushbu sud jarayoni Hongkongdagi demokratik muxolifatning bir necha oylik noroziliklariga javoban Xitoy tomonidan 2020 yilda qabul qilingan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning eng jiddiy qo‘llanishi bo‘ldi.
Hongkongda ommaviy norozilik namoyishlari 2019 yil iyunda, orol fuqarolarini boshqa mamlakatlarga — birinchi navbatda Xitoyga ekstraditsiya qilishni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasi tufayli boshlangan edi. Oxir-oqibat namoyishlar fonida qonun loyihasi bekor qilingan, ammo Inson huquqlari fuqarolik fronti (CHRF) homiyligidagi faollar yangi siyosiy erkinlik va yonbosishlarni talab qilishni davom etgan.
Xususan, Benni Tay 2020 yilda mahalliy saylovlar oldidan o‘tkaziladigan norasmiy «praymeriz»lar modelini ishlab chiqib, muxolifatga taqdim etgan. Saylovlarning o‘zi koronavirus pandemiyasi sabab qoldirilgan edi. 2020 yil 1 iyulda davlat xavfsizligi to‘g‘risidagi yangi qonun kuchga kirib, hukumatga namoyishchilarni zo‘ravonlik bilan tarqatib yuborish vakolatini berdi. Sud qarshisida javob bergan muxolifat vakillari 2021 yilda qo‘lga olingan edi. Hukumatning ma’lum qilishicha, faollar tomonidan taklif qilingan «praymeriz» (ichki saylov saylovlari) tizimi «Hongong siyosiy tizimiga putur yetkazish va yakson qilish» sifatida tan olingan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alaviy, druz, xristian ayol. Suriyaning yangi hukumati tarkibiga kimlar kirdi?
Jahon | 16:50
-
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25
-
Saida Mirziyoyeva Ramazon hayiti bilan barcha o‘zbekistonliklarni tabrikladi
O‘zbekiston | 16:17
-
Qoidabuzarlarga tezkor imtihon, 100 foiz ovoz olgan Imomali va daladagi turkmanlar – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 16:01
Mavzuga oid

18:19 / 28.03.2025
Tayvan Xitoyning yirik kompaniyasini sanoat josusligida ayblamoqda

15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi

18:11 / 27.03.2025
TikTok egasi Xitoyning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘rinni egalladi

14:33 / 27.03.2025