OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 250 million dollar ajratdi. Mablag‘ transport va energetika kabi tarmoqlarda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tish, suv resurslari va qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston hukumatining iqlimga moslashish uchun institutsional tizimini mustahkamlash va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish choralarini tezlashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 250 million dollar miqdorida mablag‘ ajratishni ma’qulladi.
Iqlimga o‘tish jarayonini tezlashtirish dasturi O‘zbekiston hukumatini islohotning uchta yo‘nalishida qo‘llab-quvvatlaydi:
muassasalarni va davlat moliya boshqaruvini mustahkamlash;
suv va yer resurslari boshqarishda, qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy himoya tizimlarida iqlimga chidamlilikni oshirish;
transport va energetika kabi tarmoqlarda kam uglerodli iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirish.
Dastur ayni paytda aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlagan holda, iqtisodiyotni karbonsizlantirish va tabiiy ofatlar va iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirishga ustuvor ahamiyat beradi.
O‘zbekiston iqtisodiyoti energiyani eng ko‘p iste’mol qiladigan davlatlar sirasiga kiradi, shu bois dastur hukumatning 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan issiqxona gazlari emissiyasini 35 foizga kamaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bunda, kamaytirishga qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish orqali erishiladi, dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Yevgeniy Jukov.
Mavzuga oid
19:40 / 17.11.2024
Olimlar dunyodagi chuchuk suv zaxiralari nega kamayganini tushuntirdi
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
15:31 / 14.11.2024
COP29: iqlimni muhofaza qilish uchun yiliga 1,3 trln dollar
18:18 / 12.11.2024