Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi
Arxipelagda 2025 yil 1 yanvarda har bir turistdan mehmonxona yoki boshqa turar-joy obektida qolganlik uchun undiriladigan «yashil» soliq miqdori ikki barobarga oshadi.
Maldiv orollari hukumati budjetni to‘ldirish uchun turistlardan undiriladigan soliqni oshirishga qaror qildi: gap «yashil» soliq, turistik yig‘im, aeroportda xizmat ko‘rsatilgani uchun yig‘im va turistlik tovar hamda xizmatlar uchun solqilar haqida ketmoqda.
Qayd etilishicha, 2025 yil 1 yanvarda har bir turistdan mehmonxona yoki boshqa turar-joy obektida qolganlik uchun undiriladigan «yashil» soliq miqdori ikki barobarga oshadi. Mehmon uylari va xonalari soni 50 tadan kam mehmonxonalarda qoladigan sayyohlar uchun kuniga 6 dollar, yirik kurortlarda qolganlar uchun esa kuniga 12 dollar undiriladi.
2024 yil 1 dekabrda boshlab mamlakatga kirish uchun undiriladigan yig‘im hamda aeroportni rivojlantirish yig‘imi ham oshiriladi. Endi ekonom-klassda keladigan yo‘lovchilar oldingidek 30 emas, balki 50 dollardan to‘laydi. Biznes-klass yo‘lvochilaridan — 120 dollar, birinchi klassdan esa 240 dollar (oldin 90 dollar edi) undiriladi. Biznes-jyet yo‘lovchilari esa qariyb 1000 dollar to‘lashi kerak bo‘ladi — ular uchun har bir yig‘im miqdori 120 dan 480 dollargacha oshirilmoqda.
Xorijga sayohat qiladigan arxipelag aholisi agar ekonom-klassda uchsa, yig‘imlar o‘zgarmaydi — 12 dollar. Ammo biznes, birinchi klass va xususiy samolyotlar yo‘lovchilari uchun yig‘imlar xuddi chet elliklarga belgilangandek oshadi.
Turistik tovarlar va xizmatlar uchun soliq miqodir 2025 yil 1 iyuldan 16 foizdan 17 foizga qadar ko‘tariladi.
«Turistlarga solinadigan soliqlar miqdorining oshirilishi g‘aznaga qo‘shimcha 175 million dollar olib kelishi kutilmoqda», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 2023 yilda Maldiv orollari 1,8 million xorijlik turistni qabul qilgan. Arxipelagning turizmdan ko‘radigan daromadi 3,6 milliard dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
18:27 / 25.11.2025
O‘zbekistonga kelayotgan turistlar sonida rekord o‘sish qayd etildi
15:28 / 23.09.2025
O‘zbekistonga kelayotgan xorijliklar soni keskin oshdi. Eng ko‘p tashrif qaysi davlatlardan?
18:58 / 06.06.2025
Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi
07:09 / 23.04.2025