2025 yilning yanvar-iyul oylarida jami 6,3 mln nafar çet el fuqarolari turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurdi, deya xabar berdi Milliy statistika qömitasi.

Bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 foizga oşgan.

Joriy yilning dastlabki 7 oyida Özbekistonga taşrif buyurgan çet el fuqarolari mamlakatlar kesimida quyidagiça:

  • Qirğiziston – 1,84 mln nafar (ötgan yilning mos davrida 1,2 mln nafar);
  • Qozoğiston – 1,46 mln nafar (845,8 ming nafar);
  • Tojikiston – 1,44 mln nafar (1,2 mln nafar);
  • Rossiya – 536,8 ming nafar (442,1 ming nafar);
  • Afğoniston – 267,5 ming nafar (2883 nafar);
  • Turkmaniston – 208,8 ming nafar (83,7 ming nafar);
  • Xitoy – 103,1 ming nafar (35,5 ming nafar);
  • Turkiya – 96,5 ming nafar (62 ming nafar);
  • Hindiston – 38 ming nafar (33,3 ming nafar);
  • Janubiy Koreya – 25 ming nafar (23,9 ming nafar);
  • boşqa davlatlar – 289 ming nafar (231 ming nafar).

 Hisobot davrida Özbekistonga kelayotgan xitoyliklar soni 2,9 barobarga, turkmanistonliklar soni 2,5 barobarga oşgan. MDH mamlakatlarini hisobga olmaganda, eng köp sayyoh Afğonistondan kelyapti. Xususan, 7 oy içida uşbu mamlakatdan Özbekistonga kelganlar soni qariyb 93 barobarga köpaygan. Bu Termizda logistika markazi oçilişi bilan boğliq bölişi mumkin.

Umumiy taşrif buyuruvçilarning 5,2 mln nafari yoki 82,5 foizi qöşni davlat fuqarolari hissasiga töğri kelgan.

«Statistik ma’lumotlar çuqurlaştirilişi kerak»

Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, turistik xizmatlar eksporti 7 oyda 2 mlrd 542,3 mln dollarni taşkil etgan. Ya’ni har bir xorijiy turistga Özbekistonda örtaça 403 dollarlik turistik xizmat sotilgan. Ötgan yilning mos davrida esa turistik xizmatlar eksporti 1 mlrd 746,4 mln dollardan iborat bölgan. Bitta xorijiy turistga 416 dollarlik xizmat körsatilgan.