2025 yilda köplab turistlar prezident Donald Tramp siyosati tufayli AQŞga bormaslikka qaror qilayotgani bois mamlakat iqtisodiyoti 12,5 milliard dollar yöqotadi. Bu haqda Jahon sayohat va turizm kengaşi (WTTC) ma’lumotlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
WTTC prognozlariga köra, AQŞdagi çet ellik turistlarning xarajatlari joriy yilda 7 foizga, ya’ni 169 milliard dollargaça kamayadi.
2025 yilning dastlabki tört oyida AQŞga uçib kelgan xorijliklar soni 2024 yil bilan taqqoslaganda 2,5 foizga kamaygan. Ayniqsa, mart oyidagi kuçli pasayiş kuzatilgan — 9,7 foiz, aprelda esa biroz tiklaniş bölib, uşbu körsatkiç 2,8 foizga oşgan.
Ta’kidlanişiça, may oyida AQŞga keladigan turistlar oqimi 6 foizga kamaygan — bu asosan Kanada va Yevropadan taşrif buyuradigan sayyohlar bilan boğliq. CNBC’ning ma’lum qilişiça, köplab kompaniyalar çegaradagi tekşiruvlar kuçaytirilgani va mamlakatga kelayotganlar uşlanib, deportatsiya qilinişi mumkinligi bois öz xodimlarining AQŞga xizmat safarlari qayta körib çiqmoqda.
4 iyunda Donald Tramp AQŞga 12 davlat, jumladan, Afğoniston, Eron, Kongo va Liviya fuqarolarining kirişini taqiqlovçi farmonni imzolagan edi.









