Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya hududidan eng qadimiy alifbo topildi
Sopol buyumdagi yozuv eramizdan taxminan 2,4 ming yil oldin yozilgan bo‘lishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, bu uning boshqa alifbolardan 500 yil oldin paydo bo‘lganini anglatadi.
Jon Hopkins universiteti tadqiqotchilari jamoasi Suriyadagi qabrdan barmoq uzunligida keladigan sopol silindrga o‘yib yozilgan qadimiy alifbo namunalarini topdi. Bu eng qadimgi alifbo Misrda paydo bo‘lgan degan farazlarni yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Qayd etilishicha, sopol buyumdagi yozuv eramizdan taxminan 2,4 ming yil oldin yozilgan bo‘lishi mumkin — bu uning boshqa alifbolardan 500 yil oldin paydo bo‘lganini anglatadi. Bu kashfiyot arxeologlar alifbolarning kelib chiqishi, ular turli jamiyatlarda qanday keng tarqalgani va dastlabki shahar sivilizatsiyalari uchun nimani anglatishi haqida o‘rgangan barcha narsalarini o‘zgartirib yuboradi.
«Alifbo yozuvda inqilobni yuzaga keltirib, undan nafaqat qirollik oilalari va ijtimoiy elitalar, balki oddiy odamlar ham foydalanishiga imkoniyat yaratdi. Alifbo yozuvi insonlarning hayot tarzini, fikrlashi va muloqotini o‘zgartirib yubordi», — deydi Jon Hopkins universiteti arxeologiya professori Glenn Shvars.
Yaqin Sharq bo‘yicha mutaxassis hisoblangan Glenn Shvars Suriya hududida dastlabki shaharlar qanday rivojlanganini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. U Amsterdam universitetidagi hamkasblari bilan Suriya g‘arbida 16 yillik arxeologik qazishma ishlariga rahbarlik qilgan.
Arxeologlar yaxshi saqlangan qabrlarning biridan oltita skelet, tilla va kumush taqinchoqlar, oshxona idishlari, nayza uchi va shikast yetmagan sopol idishlarga duch kelgan. Idishlar yonida esa alifboga o‘xshash narsa tushirilgan to‘rtta silindr bo‘lgan.
Uglerod-14 usuli orqali tadqiqotchilar qabr, artefakt va yozuvlar yoshini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. «Oldinlari olimlar alifbo Misr yoki uning atrofida eramizdan 1,9 ming yil oldin paydo bo‘lgan deb hisoblardi. Ammo biz topgan artefaktlar undan qadimiyroq va boshqa hududda joylashgan», — deydi Shvars.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026