O‘zbekiston | 10:51 / 23.11.2024
6042
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi

Toshkent aeroportida ilk bor eshitish qobiliyati cheklangan sakkiz nafar fuqaro yuk aravachasi operatori sifatida ish boshladi. 

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports kompaniyasi o‘zining ijtimoiy siyosati doirasida ilk bor sakkiz nafar eshitishida nogironligi bor kishini ish bilan ta’minladi. Ular «Toshkent» aeroportida faoliyat yurituvchi Uzbekistan Airports Handling ekspeditorlik kompaniyasining aeroport terminali xizmatiga yuk aravachasi operatori sifatida ishga qabul qilindi

Aeroportda O‘zbekiston karlar jamiyati rahbari Go‘zal Shodiyeva va Aviatsiya ishchilari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Ulug‘bek Nazirov ishtirokida yangi xodimlarni ishga qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ularga kasaba uyushma a’zosi guvohnomalari topshirildi.

O‘zbekiston aeroportlari va Karlar jamiyati vakillari frontlayn personallarni (yo‘lovchilar bilan bevosita ishlovchi xodimlar), jumladan, yo‘lovchi tashish xizmati xodimlari va axborotni qo‘llab-quvvatlash agentlarini imo-ishora tiliga o‘qitishga kelishib oldi.

Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlar o‘rnatilayotgani xabar qilingandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid