AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
U hayotga qaytganidan keyin xayriya ishlari bilan shug‘ullanishini aytgandi.
Amerikalik Maykl Knapinski 2020 yil noyabr oyida 45 daqiqalik klinik o‘limni boshdan kechirgandi. Hayotga “qaytish” paytida uning tana harorati 21,1 gradus bo‘lgan. Hozir 49 yoshli erkak qotillikda ayblanmoqda, deb xabar berdi Komo News Snohomish okrugi sud hujjatlariga tayanib.
Knapinski Reynir tog‘iga ko‘tarilish paytida yomon ob-havoda qolib ketgan. Halokatdan qutqarilib, sog‘aygandan so‘ng u hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirish, jamiyatga xizmat qilish va xayriya ishlari bilan shug‘ullanish niyatida ekanini aytgan.
Komo News ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinda Knapinski 1,9 ming dollar qiymatidagi giyohvandlik moddalarni sotib olish uchun bir erkak bilan uchrashishga kelishgan. Keyinroq u odamning jasadi topildi. Guvohlar uni avtoturargohda turgan Knapinskining mashinasiga minayotganini ko‘rgan. Qurbonga o‘q otilgan va u avtoturargohga tashlab ketilgan, shundan so‘ng Knapinski u yerdan ketgan.
Prokurorlarning ta’kidlashicha, ayblanuvchi ko‘plab mayda huquqbuzarliklar sodir etgan, biroq unga ilgari og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ayblov qo‘yilmagan.
Sud hujjatlarida Knapinski xonadoshi bilan suhbatda o‘z qilmishini tan olgani aytiladi.
Mavzuga oid
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
07:53 / 26.11.2024
AQShda Donald Trampga qarshi ikkita jinoiy ish to‘xtatildi
15:49 / 25.11.2024