O‘zbek diplomatlari Xitoy rasmiylari bilan vizasiz rejim masalasida muzokara o‘tkazdi
Xitoy o‘tgan hafta 10 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimni e’lon qildi, ammo ro‘yxatdan O‘zbekiston joy olmagan. XXR fuqarolari 2020 yil 1 yanvardan buyon O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqidan foydalanib kelmoqda.

Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Xitoy TIV Konsullik departamentining Viza siyosati va ishlari boshqarmasi direktori Son Shiyu bilan konsullik-huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalarni muhokama qildi.
Muzokaralar chog‘ida Xitoyning viza siyosati, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston–Xitoy o‘rtasidagi sohaga oid me’yoriy-huquqiy bazani kengaytirish xususida fikr almashildi.
“O‘zbekiston tomoni uchun kelgusida ham konsullik-huquqiy sohadagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri xorijiy davlatlar bilan viza tartibini yanada erkinlashtirish, xususan, viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risida kelishuvlarga erishish hisoblanishi aytib o‘tildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
O‘z navbatida, boshqarma direktori Son Shiyu O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy ijobiy o‘zgarishlar, ayniqsa, so‘ngi yillarda dunyo mamlakatlari bilan vizalarni liberallashtirish borasida olib borilgan samarali natijalarni yuqori baholab, Xitoy tomoni ham ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Sohaga oid oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Xitoy 9 ta davlat, xususan Yaponiya, Estoniya va Latviya fuqarolarining mamlakatga vizasiz kirishiga ruxsat bergan.
O‘zbekiston 2020 yil 1 yanvardan boshlab Xitoy fuqarolari uchun vizasiz rejim o‘rnatgan. Avvaliga 7 kun bo‘lgan muddat, 2021 yil 1 martdan e’tiboran 10 kungacha uzaytirilgan.
Xitoy tomoni ham o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim o‘rnatishni rejalashtirayotgani haqida 2023 yil may oyida ikki davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotida aytilgan edi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

14:21 / 07.06.2025
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda

19:31 / 29.05.2025
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

17:13 / 27.05.2025