Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 5ta davlat fuqarolari uchun 10 kunlik vizasiz rejim joriy etmoqda
Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Ummon va Xitoy (Hongkong va Makao ham) fuqarolariga O‘zbekiston hududida 10 kun vizasiz bo‘lishiga ruxsat berilmoqda.
Foto: Shutterstock
Prezidentning ziyorat va ichki turizmga oid 9 fevral kungi farmoni bilan, bu tartib 2021 yil 1 martdan kuchga kiradi.
2019 yil 12 sentyabrdagi «Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma'muriy hududi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida»gi prezident farmoni 1 martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti 2018 yilning fevralida 7 mamlakat – Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy etish haqidagi farmonni imzolagan edi.
Bu ro‘yxatga mart oyida Tojikiston, oktyabrda Fransiya, 15 yanvardan esa Germaniya qo‘shilgandi, 2019 yilning 1 fevralidan boshlab esa yana 45 davlat fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingandi.
Mavzuga oid
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
13:16 / 06.01.2026