AQSh Ukrainani harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 18 ga tushirishga chaqirmoqda
Jo Bayden administratsiyasiga ko‘ra, bu safarbarlik rezervini kengaytiradi va ukrain armiyasi saflarini tezroq to‘ldirishga imkon beradi. Ta’kidlanishicha, jang maydonidagi vaziyat askarlar sonini sezilarli darajada oshirishni talab qilmoqda.
AQSh prezidenti Jo Bayden administratsiyasi Ukrainaga qurolli kuchlar sonini oshirish uchun safarbarlik qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi. Bu haqda Oq uydagi manbasiga tayanib, Associated Press xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Ukrainadan harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 25 dan 18 gacha tushirishni talab qilmoqda. Amerika administratsiyasining fikricha, bu safarbarlik rezervini kengaytiradi va ukrain armiyasi saflarini tezroq to‘ldirishga imkon beradi. Manbaning ta’kidlashicha, jang maydonidagi vaziyat askarlar sonini sezilarli darajada oshirishni talab qilmoqda, Ukrainaning safarbarlik va yangi harbiy xizmatchilarni tayyorlash bo‘yicha hozirgi sa’y-harakatlari — yetarli emas.
Kiyevning hisob-kitoblariga ko‘ra, Ukraina armiyasiga qariyb 160 ming qo‘shimcha harbiy xizmatchi kerak, ammo Vashington ushbu raqamlar ko‘proq bo‘lishi lozim, deya hisoblamoqda. Rossiya kuchlari Ukraina sharqida oldinga siljishni, shuningdek, Kursk oblastida UQKni siqib chiqarishni boshlagan. «Qo‘shimcha safarbarlik va shaxsiy tarkib sonining oshirilishi jang maydonidagi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Amerika tomoni dezertirlik qilayotgan yoki o‘zboshimchalik bilan xizmat joyini tashlab ketayotgan askarlarga nisbatan talablarni kuchaytirishni so‘ramoqda. Vashingtonga ko‘ra, bu mavjud kuchlarni optimallashtirish imkonini beradi.
Bundan tashqari, G‘arbiy Yevropadagi ittifoqchilar avvalroq Volodimir Zelenskiyga Ukraina armiyasi sonidagi muammolardan xavotirda ekanini bildirgan. Ularning fikricha, askarlarning yetishmasligi Ukrainaning operatsiyani davom ettirish imkoniyatini cheklovchi muhim omilga aylanishi mumkin.
The Economist avvalroq g‘arb razvedkalari, mudofaa idoralari vakillari va ochiq manbalarga tayanib, Ukraina urush boshlanganidan beri 60 mingdan 100 ming nafargacha harbiy xizmatchisidan ajralgan bo‘lishi mumkinligini yozgan edi. Shuningdek, yana 400 ming ukrainalik harbiy og‘ir jarohat olgan.
Mavzuga oid
21:58 / 27.11.2024
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
21:03 / 27.11.2024
Uchinchi jahon urushidan qo‘rqqan podkaster Jo Rogan Zelenskiyni so‘kdi. Unga Klichko va boshqa ukrainlar javob qaytardi
17:32 / 27.11.2024
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
16:11 / 27.11.2024