O‘zbekiston | 18:26 / 28.11.2024
5219
1 daqiqa o‘qiladi

“Elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi “- Soliq qo‘mitasi

Soliq qo‘mitasining katta hajmli ma’lumotlar bazasini bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Shu munosabat bilan, 2024 yil 30 noyabr soat 00:00 dan 2 dekabr soat 06:00 ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

Xususan:

  • Munis va onlayn to‘lov tizimlari orqali soliq to‘lovlari;
  • fuqarolarning ShJBP fondiga to‘lovlar;
  • quyoshli xonadon;
  • deklaratsiya yuborish;
  • korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
  • elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.

«Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oxirlarida ham Soliq qo‘mitasi katta hajmdagi ma’lumotlar yangi serverlarga migratsiya qilinayotgani sabab besh kunga onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklagandi.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid