Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston hududlari va Shanhay o‘rtasida investitsiyaviy sheriklik kengayadi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari xalqaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha Shanhay shahar kengashi raisi Chjou Minxao bilan muzokara o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hududlari va Shanhay o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, investitsiyalarni jalb etishni jadallashtirish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi biznes aloqalarni kengaytirishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Chjou Minxao tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashganini, xususan, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Toshkent shahar,Samarqand viloyati va boshqa hududlar delegatsiyalarining Shanhayga qilgan tashriflari yakunlari bo‘yicha eng yirik kompaniyalar vakillari bilan samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tganini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunida investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, shuningdek, ikki mamlakat biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiyalarning safarlarini almashish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
11:55 / 12.06.2026
Namanganda “chempion” tadbirkorlar va yirik investitsiya loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
19:52 / 09.06.2026