Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Banklar balansidagi issiqxona va sexlar tadbirkorlarga berilishi mumkin
Ushbu korxonalarni tajribali tadbirkorlarga uch yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish taklif etilgan. Ijobiy natija ko‘rsatgan tadbirkorlarga bu mulklar 10 yilda bo‘lib to‘lashga beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Banklar balansiga olingan issiqxona, qayta ishlash sexlari, muzlatkichli omborlar uzoq vaqt ishlatilmasa, yaroqsiz ahvolga kelishi qayd etildi.
Shu bois ushbu korxonalarni tajribali tadbirkorlarga uch yil muddatga ishonchli boshqaruvga berish taklif etilgan. Ijobiy natija ko‘rsatgan tadbirkorlarga bu mulklar 10 yilda bo‘lib to‘lashga beriladi.
Qishloq xo‘jaligi texnikalarini lizingga yetkazib berish tizimini issiqxonalar uchun ham joriy qilish zarurligi ta’kidlandi.
Ummon Sultonligining yirik savdo tarmoqlarida O‘zbekiston mahsulotlari uchun alohida rasta ajratilib, ilk bor gilos, shaftoli va o‘rik eksporti yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tajribani Malayziya, Saudiya Arabistoni, Arab Amirliklari, Qatar, Singapur, Koreya, Yaponiya va Yevropada kengaytirish muhim ekani aytildi.
Ushbu davlatlarda savdo yarmarkalarini birinchi marta tashkil qilish xarajatlari qoplab berilishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
17:19 / 11.04.2026
Toshkentda havo sifatini yaxshilash: issiqxonalar Surxondaryoga ko‘chiriladi
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
20:33 / 23.03.2026
1 oktyabrdan Toshkent shahri va tutash hududlarda yangi issiqxona tashkil etish cheklanadi
10:10 / 28.02.2026