Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro eksport nomenklaturasiga yangi mahsulotlarni qo‘shadi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Faysalobod shahar Savdo-sanoat palatasi rahbari Rehan Nasim Bharara boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasida to‘qimachilik sohasida hamkorlik qilish, tayyor kiyim-kechak va uy tekstili ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.
Pokistonning yetakchi sohaviy kompaniyalari va ularning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonga jalb qilish shartlari kelishib olindi.
Ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmlarini oshirish, o‘zaro eksport nomenklaturasini yangi turdagi mahsulotlar hisobiga kengaytirish, savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashildi.
Faysalobod savdo-sanoat palatasi a’zolari va O‘zbekiston hududlari, jumladan Buxoro, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridagi to‘qimachilik kompaniyalari o‘rtasida onlayn uchrashuvlar tashkil etish, ikki tomon tadbirkorlarining safarlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Faysalabod Savdo-sanoat palatasi to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan 9 mingdan ortiq a’zoni birlashtiradi. Faysalabod Pokistonning to‘qimachilik poytaxti hisoblanadi. Mamlakatning tekstil sohasidagi 70 foiz eksport tushumlari mazkur shaharda joylashgan ishlab chiqarish quvvatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
18:07 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Suriyaga mahsulotlar eksporti boshlanadi
20:49 / 29.05.2026