Oxford lug‘ati 2024 yil so‘zini tanladi
Ingliz tilining mashhur lug‘ati «odamning aqliy yoki intellektual holatining taxminiy yomonlashuvi» deb ta’riflangan jargon atamani yil so‘zi deb e’lon qildi.

Foto: pedestrian.tv
Ingliz tilining Oxford lug‘ati yil so‘zini ommaviy ovoz berish orqali tanladi. Bu brain rot (miya chirishi) iborasi bo‘ldi.
Brain rot iborasi Oxford lug‘ati tomonidan «odamning aqliy yoki intellektual holatining taxminiy yomonlashuvi» deb ta’riflangan jargon atama bo‘lib, arzimas yoki oson hisoblangan material yoki onlayn kontentni haddan tashqari iste’mol qilish oqibatida yuzaga keladi.
Tanlov sahifasida qayd etilishicha, bu ibora birinchi marta 170 yil avval Henri Devid Toroning «Uolden yoki o‘rmondagi hayot» kitobida qo‘llangan. Bir yil davomida (2023 yildan 2024 yilgacha) undan foydalanish chastotasi 230 foizga oshgan.
U past sifatli onlayn kontentni, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotlarni haddan tashqari iste’mol qilish oqibatlari haqida tashvish bildirish uchun ishlatiladi. Ovoz berishda 37 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi.
Qisqa ro‘yxatga, shuningdek, «demure» (vazmin), «dynamic pricing» (narxning dinamik shakllanishi), «lore» (bilimlar to‘plami), «romantasy» (romantik fentezi) va «slop» (SI tomonidan yaratilgan past sifatli kontent) so‘zlari ham kiritilgan edi.
2023 yilda Oxford lug‘ati birinchi marta ommaviy ovoz berish orqali yil so‘zini tanladi va bu «goblin rejimi» jargon iborasi edi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

18:28 / 20.04.2025
“Dadamga Mercedes-Benz olib beraman” – ingliz tilini suv qilib ichgan 12 yoshli Mirabbos

22:00 / 03.03.2025
“Elchi bo‘lmoqchiman” - namanganlik “ingliz” qiz

15:16 / 02.03.2025
Tramp ingliz tilini AQShning rasmiy tiliga aylantirdi

21:19 / 28.02.2025