Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlarida YTH sodir bo‘ldi.
Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li—G‘azalkent ko‘chalari kesishgan chorrahada 5 dekabr kuni soat taxminan 08:48 larda YTH sodir bo‘lgan.

1992 yilda tug‘ilgan haydovchi Sh.U. boshqaruvidagi Lacetti hamda 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 avtomashinalari to‘qnashgan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Shuningdek, 5 dekabr kuni soat 10:21 larda Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi ko‘prik ustida ham avariya sodir bo‘lgan.

Haydovchi 1972 yilda tug‘ilgan I.G. boshqaruvidagi Lacetti, haydovchi 2003 yilda tug‘ilgan R.R. boshqaruvidagi Nexia va 1989 yilda tug‘ilgan B.T. boshqaruvidagi Volkswagen Caddy avtomashinalari to‘qnashdi.
Hodisa oqibatida Volkswagen Caddy’da yong‘in kelib chiqqan. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 03.04.2026
Toshkent va O‘sh o‘rtasida ilk aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
14:58 / 02.04.2026
Aholi norozi: Toshkentda futbol maydonchasi va daraxtlarga qurilish xavf solmoqda
09:13 / 01.04.2026
Ekologik choralar endi faqat Toshkent bilan cheklanmaydi
18:49 / 31.03.2026