Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad oilasi bilan Rossiyaga uchib keldi - TASS
Rossiya hukumati Suriya sobiq prezidenti va uning oilasiga boshpana taqdim etdi.
Bashar Asad oilasi bilan birga Rossiyaga uchib keldi. Bu haqda «TASS» davlat axborot agentligi Kremldagi manbasiga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hukumati Suriya sobiq prezidenti va uning oilasiga boshpana taqdim etgan.
Ta’kidlanishicha, Suriya muxolifati yetakchilari Rossiya harbiy bazalari va diplomatik muassasalari xavfsizligini kafolatlagan. Manbaning qayd etishicha, RF Suriyadagi vaziyatni tartibga olish uchun BMT vositachiligida muzokaralarni qayta tiklash kerak deb hisoblaydi.
BBC rus xizmati jurnalistlariga ko‘ra, Asad Suriyani Rossiya samolyotida tark etgan, Rossiya aviabazasi joylashgan Lataqiyadan uchgan samolyot transponderini o‘chirgan va faqat qo‘nish arafasida uni yoqqan.

Avvalroq Reuters Bashar Asad aviahalokat qurboniga aylangan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Agentlik Flightradar24 servisi ma’lumotlariga asoslanib, Damashq isyonchilar qo‘liga o‘tishidan biroz oldinroq Syrian Air aviakompaniyasining Il-76 rusumli samolyoti mahalliy vaqt bilan 8 dekabrga o‘tar kechasi soat 4:55 da Suriya poytaxti aeroportidan uchib ketgani, ko‘p o‘tmay samolyot Homs yaqinida radarlardan yo‘qolib qolgani haqida ma’lum qilgan.
Ukraina razvedkasi ichida Asad bo‘lgan samolyot halokati haqidagi xabar — Rossiyaning uni evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliyoti bo‘lganini ma’lum qilgan. Uning samolyoti ekipaj rossiyaliklar instruksiyasini bajargani tufayli radarlardan yo‘qolgan.
Ma’lum qilinishicha, Suriyadan Asad rejimi mulozimlaridan tashqari rossiyalik harbiy komandirlar ham qochgan. Qurollar, texnika va shaxsiy tarkibning qolgan qismini evakuatsiya qilish uchun Moskva qo‘shimcha kemalar yuborgan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026