Jahon | 10:54 / 12.12.2024
3400
3 daqiqa o‘qiladi

Avstriyaning OMV kompaniyasi «Gazprom» bilan shartnomani bekor qildi

Avstriya kompaniyasi Rossiya tomoni o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi sababli «Gazprom» bilan gaz yetkazib berish shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga qaror qildi.

Foto: Global Look Press

Avstriyaning OMV Gas Marketing & Trading GmbH kompaniyasi Rossiyaning «Gazprom Eksport» kompaniyasi bilan 2006 yilda tuzilgan va 2040 yilgacha amal qilishi kerak bo‘lgan gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bekor qildi, deb xabar berdi kompaniya 11 dekabr, chorshanba kuni.

Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish sababi «Gazprom Eksport» tomonidan shartnoma majburiyatlarining ko‘plab jiddiy buzilishi», deb tushuntirdi Avstriya kompaniyasi va bekor qilish darhol kuchga kirishini qo‘shimcha qildi.

OMV ta’kidlaganidek, «Gazprom» yetkazib berishi to‘xtatilishi bilan bog‘liq barcha mumkin bo‘lgan xavflar «so‘nggi uch yil ichida muqobil gaz manbalari orqali to‘liq diversifikatsiya qilindi». Noyabr oyida konsern Norvegiyadan quvur orqali gaz yetkazib berishni ta’minlagani va suyultirilgan gazning uzoq muddatli qo‘shimcha hajmlari bo‘yicha shartnomalar imzolagani haqida xabar bergan edi. Shu bilan birga, Germaniya va Italiyada ushbu mamlakatlardagi dengiz terminallaridan qayta gazlangan STGni mamlakatga tashish uchun tranzit imkoniyatlari hisobga olingan.

«Gazprom» Avstriyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

Rossiyaning «Gazprom» davlat konserni Avstriyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatmoqda. Avstriyaning OMV neft-gaz kompaniyasi «Gazprom»dan 16 noyabrdan boshlab gaz yetkazib berish butunlay to‘xtatilishi haqida bildirishnoma oldi, deyiladi OMV 15 noyabr kuni e’lon qilgan bayonotda. 

Bir kun oldin OMV «Gazprom eksport» bilan arbitraj ishida g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Kompaniya sud qaroridan so‘ng Rossiya tomonidan foizlar va sud xarajatlarini qo‘shimcha ravishda 230 million yevro miqdorida undirish niyatida ekanligini ma’lum qildi. OMV 2022 yil kuzida gaz yetkazib berish to‘xtatilgani sababli 2023 yil boshida «Gazprom eksport»ga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi.

Sud qaroridan keyin OMV «Gazprom eksport» bilan shartnoma munosabatlarining yomonlashishi, jumladan, gaz ta’minoti to‘xtatilishini istisno etmadi. Ushbu bayonot fonida Yevropada gaz narxi o‘tgan yil davomida eng yuqori darajaga yetdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid