Jahon | 12:48
934
3 daqiqa o‘qiladi

Shmigal Shols bilan qochqinlarni Ukrainaga qaytarishni muhokama qildi

Kiyev ukrainalik qochqinlarni vatanga qaytishga ishontirishga harakat qilmoqda. Shmigal Shols bilan ushbu masalaning texnik tafsilotlarini muhokama qildi.

Foto: Jochen Eckel/IMAGO

Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Berlinga tashrifi chog‘ida ukrainalik qochqinlarning tezroq uylariga qaytishiga umid bildirdi. Bu haqda u 11 dekabr, chorshanba kuni RTL va ntv'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Biz kansler Shols bilan urushning birinchi kunlarida qochgan barcha ukrainaliklarning mamlakatimizga qaytishidan mutlaqo manfaatdor ekanligimizni muhokama qildik, Ukrainada urush paytida barcha ukrainalik qochqinlar iliq kutib olindi, biz bundan keyin ham ularni kutmoqdamiz», — dedi Shmigal. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Germaniya federal hukumati bilan qaytishning texnik tafsilotlarini allaqachon muhokama qilgan.

«Biz nemis tomoni va milliy birlik bo‘yicha yangi vazirimiz bilan birgalikda ishlash va barcha ukrainaliklarni imkon qadar tezroq qaytarish bo‘yicha yechim topishga kelishib oldik», dedi Ukraina bosh vaziri munozaralar tafsilotlarini keltirmasdan.

Mers Yevropada Ukraina bo‘yicha aloqa guruhini tuzishga chaqirdi

Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) muxolifat blokidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Fridrix Mers AQShda bo‘lajak hokimiyat almashishi munosabati bilan Ukrainaga keyingi yordamni muvofiqlashtirish uchun Yevropa aloqa guruhini shakllantirishni taklif qildi. «Biz Ukraina hech qanday cheklovlarsiz o‘zini himoya qilish huquqidan foydalanishi uchun hamma narsani qilishimiz kerak», dedi u 9 dekabr kuni Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda.

Bundan tashqari, yevropaliklar Ukrainadagi urush imkon qadar tezroq tugashi uchun hamma narsani qilishi kerak, deb ta’kidladi Bundestagdagi XDI/XSI fraksiyasi rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShda Donald Trampning hokimiyat tepasiga kelishiga tayyorgarlik ko‘rish va barcha ehtimoliy ssenariylarni o‘ylab ko‘rish kerak.

Mers fikricha, Yevropaga Germaniya, Fransiya yoki Britaniyaning bir o‘zi ishlab chiqa olmaydigan strategiya kerak. «Biz bu strategiyani faqat birgalikda ishlab chiqishimiz mumkin», deya qo‘shimcha qildi u. Mers, shuningdek, Zelenskiyning Daniya bunday aloqa guruhida muhim rol o‘ynashi mumkinligi haqidagi taklifini «katta qiziqish bilan» qabul qilganini aytdi.

Mavzuga oid