Jamiyat | 16:47 / 12.12.2024
2700
1 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkor foydasiga hokimlikdan 1,5 milliard so‘m kompensatsiya undirildi

Sho‘rchi tuman hokimligi tadbirkorga tegishli 22 sotix yer uchastkasi va 351,5 kvadrat metrli binolarni davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘ygan, ammo kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirmagan. Sud qarori bilan tadbirkorga yer uchastkasi uchun 1,2 mlrd so‘m va binolar uchun 383 mln so‘m miqdorida kompensatsiya undirib berildi.

Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi «Jasur ishlab chiqarish kombinati» (nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari Sho‘rchi tuman hokimligidan kompensatsiya undirishda amaliy yordam so‘rab Biznes-ombudsmanga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, tadbirkorga tegishli 22 sotix yer uchastkasi va 351,5 kvadrat metrli binolar davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan. Sho‘rchi tuman hokimining qaroriga asosan, tadbirkorning mulki buzilishi va yer uchastkasi hokimlik zaxira yer fondiga kiritilishi belgilangan. Biroq kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan.

Tadbirkor sudga da’vo arizasi kiritgan. Sud qarori bilan tadbirkorga yer uchastkasi uchun 1,2 mlrd so‘m va binolar uchun 383 mln so‘m miqdorida kompensatsiya undirib berildi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid