Jamiyat | 09:44 / 12.12.2024
8869
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qariyb 27 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan zavod aniqlandi

Toshkent shahrida metallni qayta ishlash zavodi 26,9 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh etildi. 

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qilishicha, Yashnobod tumanida joylashgan “K.Y.A.” MChJga qarashli metallni qayta ishlash zavodining elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida davlat manfaatlariga 26 mlrd 945 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid