Jamiyat | 13:10 / 12.12.2024
3876
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda talabalarga chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil etildi

Qishki ta’til munosabati bilan Toshkentdagi ikkita OTM binosida temiryo‘l hamda avtobus uchun chiptalarni sotib olish imkoniyati yaratildi.

Foto: Transport vazirligi

Toshkent shahridagi O‘zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti binolarida chipta sotib olish uchun sayyor kassalar tashkil etildi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, mazkur sayyor kassalarda talabalar temiryo‘l hamda avtobus qatnovlariga chiptalarni sotib olishlari mumkin.

Sayyor kassalar quyidagi manzillarda tashkil etilgan:

O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti binosi 1-qavati. Manzil: Olmazor tumani Talabalar shaharchasi Universitet ko‘chasi 4-uy;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti A-binosida. Manzil: Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 60-A-uy. Sobiq Toshkent moliya instituti binosi.

OTM talabalari va texnikum, kasb-hunar maktabi, akademik litseylar o‘quvchilari 25 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi. Darslar 8 yanvardan boshlanadi.

Mavzuga oid