O‘zbekiston | 10:38 / 13.12.2024
3545
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi

Harakatlana olmaydigan 4 ming nafar yolg‘iz keksalar aniqlanib, ularga uyining o‘zida qarab turish yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi.

Davlat rahbari so‘zining avvalida yangi ijtimoiy himoya tizimini tashkil etishda O‘zbekistonga yaqindan ko‘maklashayotgan BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori Sabine Maxl, YUNISEF vakolatxonasi rahbari Rexina Mariya Kastijio va Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakovaga bugungi yig‘ilishda ishtirok etayotganlari uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

Qayd etilganidek, joriy yilda 102 ta ijtimoiy xizmat mahalla darajasiga tushirildi.

Masalan, oldin odamlar protez uchun har xil komissiyalar va poliklinikada 2 oy sarson bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu masala 2 haftada mahallada hal bo‘lmoqda. Shuning o‘zidan 100 ming odamning og‘iri yengil bo‘ldi.

Odamlar protezni 95 ta ishlab chiqaruvchi orasidan elektron tizimda o‘zi tanlayapti, raqobat va sifat ham yaxshilandi.

Nogironligi bor bolalarga qarab turish xizmati yo‘lga qo‘yilib, murojaatlar mahallada qabul qilinyapti. Bu 700 nafar ota-onaning ishlashiga sharoit yaratdi. Harakatlana olmaydigan 4 ming nafar yolg‘iz keksalar aniqlanib, ularga uyining o‘zida qarab turish yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga oid