Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 29 yanvardagi 36-son qarorida “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillaştirişga qaratilgan bir qator özgartiriş va qöşimçalar nazarda tutilgan.

Qarorda belgilanişiça, 2026 yil 1 martdan mazkur toifadagi fuqarolarga kunduzgi qatnov asosida qarab turiş xizmati körsatiş amaliyoti yölga qöyiladi.

Hujjatda aniq ta’kidlangan talablarga köra, xizmat quyidagi şartlarga javob beruvçi şaxslarga tatbiq etiladi:

  • ruhiy kasallik böyiça dispanser nazoratida turişi;
  • xulq-atvori buzilişlari bölmasligi;
  • demensiya, Parkinson yoki Alsgeymer kasalligi taşxisi qöyilgan bölişi.

Qarorning özi 2026 yil 2 fevraldan kuçga kirgani körsatilgan bölib, kunduzgi qarab turiş xizmati mexanizmi esa 1 martdan amalga joriy etilişi belgilangan.

Ma’lumot örnida qayd etilişiça, hujjat “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etilişi munosabati bilan qabul qilinib, ijtimoiy xizmatlar sohasida monitoring va xizmat körsatiş jarayonlarini takomillaştirişga qaratilgan normalarni ham öz içiga oladi.