Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanot Sharq bayram kunlariga rejalashtirilgan qator reyslarini bekor qildi
Qanot Sharq aviakompaniyasi 2024 yil 31 dekabr hamda 2025 yil 1 yanvar sanalariga rejalashtirilgan 17 ta reysini bekor qildi.
Foto: Kun.uz
Qanot Sharq aviakompaniyasi 2024 yil 31 dekabr hamda 2025 yil 1 yanvar sanalariga rejalashtirilgan qator reyslari bekor qilingani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Aviakompaniyaning 31 dekabr kuni quyidagi reyslari bekor qilinadi:
· Toshkent — Istanbul (HH575 reysi);
· Istanbul — Toshkent (HH576 reysi);
· Istanbul — Namangan (HH578 reysi);
· Namangan — Istanbul (HH577 reysi);
· Toshkent — Moskva (HH701 reysi);
· Samarqand — Sankt-Peterburg (HH741 reysi);
· Namangan — Sankt-Peterburg (HH743 reysi);
· Sankt-Peterburg — Namangan (HH 744 reysi).
Shuningdek, 1 yanvar kuni quyidagi reyslar bekor qilinadi:
· Samarqand — Tel-Aviv (HH543 reysi);
· Tel-Aviv — Toshkent (HH546 reysi);
· Toshkent — Istanbul (HH573 reysi);
· Istanbul — Toshkent (HH574 reysi);
· Toshkent — Moskva (HH702 reysi);
· Buxoro — Moskva (HH709 reysi);
· Moskva — Buxoro (HH710 reysi);
· Samarqand — Sankt-Peterburg (HH742 reysi);
· Toshkent — Moskva (HH701 reysi).
«Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Agar sizda bekor qilingan reyslardan biri bron qilingan bo‘lsa, iltimos, mutaxassislarimizga aloqaga chiqing», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qilgandi. O‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflari uchun 50 foizgacha chegirmadan foydalanishi mumkin.
Mavzuga oid
12:09 / 12.11.2025
Ichki aviareyslar, go‘sht, nikoh uzugi. Yillik hisobda eng ko‘p qimmatlashgan mahsulotlar va xizmatlar
09:20 / 18.10.2025
Ulan-Ude - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
15:29 / 15.10.2025
O‘zbekistondan yana bir aviakompaniya Nyu Yorkka reys ochmoqchi, AQSh talablari qanday?
07:45 / 05.09.2025