Birjaga chiqarilayotgan benzin hajmi to‘rt barobar oshirildi
Energetika vazirligi birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshirilgani haqida xabar berilgan edi.
2024 yil 6 dekabr kuniga qadar birja savdolariga chiqarilayotgan Ai-80 benzini hajmi 2000 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, ushbu miqdor 10 dekabrdan boshlab o‘rtacha to‘rt barobar oshirilib, hozirgi vaqtda 8000 tonnadan qo‘yib borilmoqda.
Bundan tashqari, Ai-92 avtobenzinini birja savdolarida sotish hajmi ham oshirilib, kunlik 4000 tonnaga yetkazildi.
2024 yil 13 dekabr kuni ham yana 8000 tonna Ai-80 benzini birja savdolariga qo‘yilgan bo‘lib, uning 7780 tonnasi xaridorlar tomonidan sotib olindi.
Birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini talab va taklifdan kelib chiqib yanada oshirish imkoniyati mavjud, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:39 / 15.12.2024
AI-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan, o‘zida saqlab turgan «zapravka»larga chora ko‘rildi
09:35 / 10.12.2024
Birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi ikki barobar oshiriladi
15:18 / 20.11.2024
Yoqilg‘i quyish va gaz to‘ldirish shoxobchalari bo‘yicha mobil ilova ishga tushirildi
01:16 / 20.11.2024