YeI Minskka qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
Yevropa Ittifoqi kengashi fuqarolik jamiyati va demokratik muxolifatni ta’qib qilish, shuningdek, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun javobgar bo‘lgan 26 kishi va ikki kompaniyani qora ro‘yxatga kiritdi.
YeI kengashi Belarus hukumati tomonidan prezident Aleksandr Lukashenkoning siyosiy muxoliflariga nisbatan amalga oshirilgan repressiyalar bilan bog‘liq holda Belarusga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. 16 dekabr, dushanba kuni 26 jismoniy va ikki yuridik shaxsni qora ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deyiladi YeI organi saytida.
Sudyalar, qamoqxona boshliqlari, kompaniya egalari va rahbarlari
Shu jumladan, siyosiy ishlar bo‘yicha ayblov hukmi chiqargan sudyalarga, «siyosiy mahbuslar g‘ayriinsoniy sharoitlarda saqlanayotgan va nomaqbul xatti-harakatlarga uchragan» qamoqxonalar va tergov hibsxonalari rahbariyatiga nisbatan jazo choralari joriy etildi, deyiladi bayonotda.
Bundan tashqari, sanksiyalar Lukashenko rejimidan turli imtiyozlar orqali foyda ko‘ruvchi, shuningdek, YeI sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam beradigan kompaniyalar egalari va menejerlariga joriy etildi. Boshqa narsalar qatorida, Belarusning Yevropa Ittifoqi bilan chegarasida ikkita nazorat-o‘tkazish punktiga ega bo‘lgan va Lukashenko rejimidan sezilarli imtiyoz va afzalliklarga ega bo‘lgan «VLATe Logistik» transport-ombor kompaniyasi va uning egalariga nisbatan cheklov choralari kiritildi.
Rejimdan foyda ko‘ruvchi va Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam beradigan yuk tashuvchi «Ruzekspeditsiya» ham qora ro‘yxatga kiritilgan. Kompaniya Yevropa Ittifoqidan Belarusga sanksiyalar orqali taqiqlangan avtomobillarni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.
Mavzuga oid
14:54
Seul RF va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik uchun sanksiyalar kiritdi
08:50
AQSh Gurjistonga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar joriy etishga tayyorlanmoqda
07:31
Yevroittifoq RFning «beqarorlashtiruvchi faoliyati» uchun sanksiyalar kiritdi
14:24 / 14.12.2024