Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Sadir Japarov Duyshonkul Chotonovni Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi.
Duyshonkul Chotonov Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Prezident Sadir Japarov bu bo‘yicha farmonni imzoladi.
Chotonov 1967 yilda O‘shda tug‘ilgan. U ilgari Qirg‘izistonning Koreya Respublikasi (2011−2015) va Vetnamdagi (o‘rindoshlik asosida, 2012−2015) favqulodda va muxtor elchisi bo‘lgan.
U «Ata Meken» partiyasidan Jogorku Kenesh Qonunchilik assambleyasi deputati bo‘lgan. 2010 yilda muvaqqat hukumatda favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajargan.
Noyabr oyida Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida 2022 yil apreldan beri ishlab kelgan Musa Jamanbayev mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:09
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
18:27 / 19.05.2026
Rossiya tarixchilari Qirg‘izistondagi darsliklardan “Rossiya mustamlakasi” iborasini olib tashlashni so‘radi
18:03 / 19.05.2026
Qirg‘izistonda sanksiyalar tahdidi tufayli 50 ta korxona tugatildi
14:16 / 15.05.2026