Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgradda Novi-Saddagi fojia tufayli ommaviy namoyishlar o‘tkazildi
Belgradda 1 noyabr kuni Novi-Sad vokzalining tomi qulashi oqibatida halok bo‘lgan 15 kishining o‘limi uchun javobgarlikni talab qilish maqsadida 30 mingga yaqin odam yig‘ildi.
Serbiya poytaxti Belgradda 22 dekabr, yakshanba kuni yana o‘n minglab odamlar Novi-Sad shahridagi temiryo‘l vokzalida 15 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan tomning qulashi uchun javobgarlar jazosiz qolayotganidan norozilik bildirish uchun namoyishga chiqdi.
Talabalar tomonidan fojia qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiya Slaviya maydoni, gavjum aylanma chorraha hududida bo‘lib o‘tdi. 15 daqiqalik sukutdan so‘ng yig‘ilganlar hushtak chala boshladi.
Politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, tadbirda 29 ming kishi, jumladan, fermerlar, taniqli aktyorlar va mamlakatning boshqa hududlaridan kelgan aholi ishtirok etgan.
Serbiyada temiryo‘l vokzalida tom qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Serbiyada Novi-Sad shahridagi temiryo‘l vokzalida beton tom yopgichning qulashi natijasida, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 15 kishi halok bo‘ldi, yana 30 kishi yaralandi, deb xabar berdi Serbiya Ichki ishlar vazirligi.
Avvalroq Serbiya ichki ishlar vaziri Ivitsa Dachich vayronalar ostidan sakkiz kishining jasadi topilganini ma’lum qilgandi.
Hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda. Stansiya yopiq. Serbiya bosh vaziri Milosh Vuchich bu voqea «Novi-Sadning urushdan keyingi tarixidagi eng og‘ir kunlardan biri» ekanini aytdi. U qulash sabablari o‘rganilib, aybdorlar jazolanishiga va’da bergandi. Tergovga Serbiya Bosh prokuraturasi rahbarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
11:53 / 12.11.2025
Belgradda - Trampning kuyovi mehmonxonasiga qarshi ko‘p ming kishilik norozilik
11:40 / 30.06.2025
Belgradda namoyishchilar ko‘chalarni to‘sib, barrikadalar qurmoqda
12:54 / 25.01.2025
Serbiyada Novi-Saddagi fojia tufayli minglab kishilar namoyishga chiqdi
10:31 / 20.12.2024