Belgraddagi namoyişçilar 30 iyun, duşanbaga ötar keçasi bir qança muhim köçalarni tösib, barrikadalar örnatdi.Serbiyaning «Blits» gazetasi poytaxt köçalari va çorrahalarida yuzlab odamlar, çodirlar lagerlari va çiqindi qutilaridan yasalgan barrikadalar körinib turgan kadrlarni çop etmoqda. Gazetaning yozişiça, Sava daryosi ustidagi Gazela köprigi ham tösib qöyilgan. Xuddi şunday aksiyalar Serbiyaning boşqa şaharlarida ham bölib ötmoqda.
«Blits» naşrining yozişiça, politsiya va kommunal xizmatlar 30 iyun tongiga yaqin transport qatnovini tiklaş va tösiqlarni bartaraf etişga urinib körişi kutilgandi. Serbiya boş vaziri örinbosari va içki işlar vaziri Ivitsa Daçiçning aytişiça, hukumat yöllarning tösib qöyilişili kuzatmoqda va tinçlikka çaqiryapti.
Amerikaning Associated Press agentligi 30 iyunga ötar keçasi aksiya iştirokçilari sonini bir neça mingga baholadi.
Aksiya talabalarning «Blokada» norozilik guruhi tomonidan amalga oşirilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda unga yuz minglab odamlar obuna bölgan. U Belgrad xaritasini e’lon qilgan bölib, unda odamlar kelib köçalarni tösib qöyişga çaqirilgan nuqtalar körsatilgan.
Guruh 28 iyun oqşomida politsiya bilan töqnaşuvda bir neça talaba hibsga olinganidan norozi. Jami 77 kişi uşlangan, 38 nafari hibsga olingan. 70 nafar fuqaro, jumladan 48 nafar politsiyaçi tan jarohati oldi, deya xabar beradi Serbiya IIV.
Prezident Aleksandr Vuçiç tartibsizliklarning radikal iştirokçilarini «terrorçilar» deb atadi va mitinglarda qatnaşayotgan Belgrad universiteti rektori Vladan Jokiçni tanqid qildi.












