Serbiya poytaxti Belgradda 11 noyabr kuni Jared Kuşner — AQŞ prezidenti Donald Trampning kuyovi tomonidan 1999 yil NATO amaliyoti çoğida bombardimon qilingan Yugoslaviya xalq armiyasi sobiq Boş ştabi joyida haşamatli mehmonxona quriş rejalariga qarşi köp ming kişilik aksiya ötkazildi. Talabalar boşçilik qilgan namoyişçilar bino atrofida «tirik tösiq» hosil qilib, uning oldiga ramziy qizil çiziq çizdi.
«Biz bu yerga (binoni buzişga imkon beradigan — tahr.) qonunga qarşi çiqiş uçun keldik, — deya namoyişçi ayol sözlarini keltiradi Reuters. — Bu qonunni qabul qilib, u (Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç — tahr.) Trampga yoqmoqçi va uning moyilligini qozonmoqçi. Ehtimol, u öz navbatida Tramp NIS'ga qöyilgan sanksiyalarni bekor qiladi, deb umid qilayotgandir».
Yanvar oyida AQŞ «Gazprom neft» kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi. «Gazprom»ga boğliq kompaniyalar Serbiya neftni qayta işlaş kompaniyasi — «Neftyanaya industriya Serbii» (NIS)da nazorat paketiga ega bölib, mamlakatning benzin va dizelga bölgan ehtiyojining 80 foizini ta’minlaydi. Bir neça oy davomida AQŞ Moliya vazirligi NIS’ga yangi sanksiyalardan muddatli tanaffus berib kelgandi, ammo 9 oktyabr kuni mazkur imtiyozlar endi berilmasligi ma’lum qilindi.
2024 yil may oyida Serbiya hokimiyati va Kuşnerga tegişli Affinity Partners investitsiya kompaniyasi sobiq Boş ştab binosini 99 yilga ijaraga oliş böyiça şartnoma tuzdi. Xuddi şu yil noyabrda esa Serbiya parlamenti bu binoning muhofaza etiladigan madaniy meros maqomini bekor qildi. Hozirda Serbiyaning uyuşgan jinoyatçilik böyiça prokuraturasi uşbu qarorning qonuniyligini tekşirmoqda, bir neça amaldorga nisbatan firibgarlik va hujjatlarni soxtalaştiriş ayblovlari ilgari surilgan.
Vuçiçning aytişiça, bitim töliq qonuniy va u yana 2016 yildayoq amerikaliklar bilan binoni «NATO qurbonlari muzeyi»ga aylantiriş borasida kelişgan. Prezident, şuningdek, prokuratura tekşiruvining maqsadi — Serbiyaga «Tramp ma’muriyati bilan munosabatlarni yölga qöyiş»ga yöl bermaslik, deb hisoblaydi.
7 noyabr kuni Serbiya parlamenti Vuçiçga sodiq deputatlar ovozi bilan şoşilinç tarzda Affinity Partners’ga standart tartib-taomillarni çetlab ötiş imkonini beruvçi qonunni qabul qildi. Xususan, endi biznes va mehmonxona majmuasi qurilişiga ruxsat barça mulkiy-huquqiy munosabatlar töliq hal bölişidan oldin ham berilişi, sobiq Boş ştab binosini buziş uçun esa Madaniy merosni muhofaza qiliş instituti mutaxassislarining roziligi talab etilmasligi mumkin.













