Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi
Mutaxassislar uning deyarli bloklanganini ta’kidlamoqda.
Rossiyada YouTube videoxosting trafiki keskin kamaydi, bu haqda «Internet muhofazasi jamiyati» ijrochi direktori va IT-mutaxassisi Mixail Klimarev «ZaTelekom» kanaliga ma’lum qildi.
U YouTube «sekinlashuvi» grafigini tuzdi, bu so‘nggi kunlarda videoxostingga kirish sezilarli darajada cheklanganini ko‘rsatadi.
«Hozir Google monitoring xizmati Rossiyadan kelayotgan 8,5 punkt trafikni ko‘rsatmoqda. «Sekinlashuv»dan oldin u 40 punkt edi. Ya’ni, endi bu normal holatning taxminan 20 foizini tashkil qiladi. <...> Tan olamiz: YouTube Rossiyada amalda bloklangan», dedi u.
Rossiyada YouTube 2024 yil iyul oyidan beri uzilishlarni boshdan kechirmoqda. Mahalliy matbuot buni Rossiya rasmiylarining videoxosting ishini sekinlashtirish haqidagi e’lon qilinmagan qarori bilan bog‘lamoqda.
Rossiya rasmiylari videoxosting xizmatidagi nosozliklarda Google platformasini ayblayapti. Google rahbariyati buni rad etib kelyapti.
Mavzuga oid
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026