NYT: KXDR qo‘shinlarini Rossiyaga yuborish g‘oyasi Pxenyandan chiqqan
Amerika razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya harbiylarini Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashish uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborish g‘oyasi Moskvadan emas, Pxenyandan chiqqan va Kim Chen In kelajakda Kreml unga minnatdorchilik bildirishiga umid qilmoqda.
Shimoliy Koreya qo‘shinlarini Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga yuborish g‘oyasi Moskvadan emas, Pxenyandan chiqqan, deb yozadi The New York Times (NYT) 23 dekabr, dushanba kuni o‘z manbalariga tayanib. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus Moskva va Pxenyan o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolangandan so‘ng darhol paydo bo‘lmagan. «AQSh razvedka idoralari bu Rossiyaning emas, Shimoliy Koreyaning g‘oyasi degan xulosaga keldi, garchi prezident Vladimir Putin buni tezda qabul qilgan bo‘lsada», deb yozadi NYT.
Biroq, materialda ta’kidlanganidek, Shimoliy Koreya «yordam» evaziga «darhol hech narsa olmadi» va uning rahbari Kim Chen In hozirda Moskvadan kelajakda — texnologiya, diplomatik yordam ko‘rinishida minnatdorchilikka umid qilmoqda. Bu G‘arb bilan qarama-qarshilik va inqirozli vaziyatlarda RFning boshqa harakatlarini ham nazarda tutadi, deydi manbalar.
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanadigan Shimoliy Koreya askarlariga ularning frontda borligini yashirish uchun soxta guvohnomalar beryapti. Buni 22 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda bayonot e’lon qilgan Ukraina Qurolli kuchlarining Maxsus operatsiyalar kuchlari (MOK) tasdiqladi.
Bu ma’lumotni tasdiqlash uchun Telegramʼdagi postda bir necha erkakning jasadlari suratlari, shuningdek, ularning harbiy guvohnomalari chop etildi. Ushbu hujjatlar ularning egalari Tiva Respublikasida tug‘ilganligini ko‘rsatadi, shaxsiy imzolar esa koreys tilida qilingan.
Xabarga ko‘ra, gap Rossiya Federatsiyasining Kursk oblastida soxta nomlar ostida janglarda qatnashgan Shimoliy Koreya askarlari haqida ketmoqda. «Ushbu harbiy guvohnomalarda barcha muhrlar mavjud emas, fotosuratlar, otasining ismi ruscha tarzda taqdim etilgan va tug‘ilgan joyi Tiva Respublikasi deb imzolangan», deb ta’kidlaydi MOK.
Ukraina Qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlari ruslar «jang maydonidagi yo‘qotishlarini yashirish va xorijiy kuch mavjudligini yashirish» uchun bunday choralarga murojaat qilmoqda, deb hisoblamoqda.
Mavzuga oid
17:38
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
16:21
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024