Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tumanlarda sportni rivojlantirish sport maktablari tomonidan amalga oshiriladi
Prezident tomonidan «Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi qaror imzolandi.
Tuman (shahar)larda ommaviy va professional sportni rivojlantirish hamda sport siyosatini yuritish Sport vazirligi tizimidagi sport maktablari tomonidan amalga oshiriladi.
2025-2026 o‘quv yilidan boshlab:
- hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishlari, shuningdek, erishilgan sport natijalari hamda mavjud sport infratuzilmasidan kelib chiqib, sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish amaliyoti joriy etiladi;
- sport maktablarida mavjud shtat birliklari doirasida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimi joriy etiladi, har bir ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksionerga 5 tagacha mahalla va uning hududidagi davlat ta’lim muassasalari biriktiriladi;
- ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner o‘ziga biriktirilgan hududda yoshlar yetakchilari hamda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari bilan hamkorlikda «Besh tashabbus olimpiadasi», «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlari va boshqa ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazib borishga mas’ul hisoblanadi;
- sport maktablarining ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksionerlar bazaviy tarif stavkasiga ustamalar «Besh tashabbus olimpiadasi», «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlaridagi natijalar hamda sport maktabiga seleksiya qilingan iqtidorli yoshlar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
Sport maktablarida Fase ID tizimi orqali trenerlar va sport bilan shug‘ullanuvchilarning kunlik davomatini elektron monitoring qilib boriladi hamda trenerlarning ish haqi miqdori o‘quvchi-sportchilar davomatidan kelib chiqib belgilanadi.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026