Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi uchta aloqa kabeliga zarar yetkazildi
Bir kun oldin Boltiq dengizida suvosti elektr kabeli shikastlangani ma’lum bo‘ldi. Finlandiya politsiyasi Kuk orollari bayrog‘i ostidagi neft tankerini qo‘lga oldi.

Foto: AFP
ERR portalining 26 dekabr, payshanba kuni xabar berishicha, Finlandiya ko‘rfazida Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi uchta aloqa kabeli shikastlangan. «Chorshanba kuni kechqurun Elisa Eesti AS va CITIC Telecom CPC Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va texnik tartibga solish departamenti (TTJA)ga Estoniya va Finlandiya o‘rtasida suvosti kabellaridagi uzilishlar haqida xabar berishdi», — deyiladi nashrda.
Texnik nazorat bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, Elisa konserniga tegishli ikkita aloqa kabeli uzilgan va CITIC Telecom kompaniyasiga tegishli bitta aloqa kabeli shikastlangan. «Ayni paytda uzilishlar sabablari noma’lum, ammo kabel egalari ularni ta’mirlash ustida ishlamoqda va bu foydalanuvchilarga ta’sir qilmadi», dedi Estoniya Iqtisodiy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Laura Laaster. Kabel xizmati korxonalariga ko‘ra, uzilishlar yakuniy foydalanuvchilarga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Kabellarning shikastlanish sabablari hali aniqlanmagan, tiklash muddati ko‘rsatilmagan. Estoniya hukumati voqea yuzasidan favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.
Boltiq dengizidagi elektr kabelni ta’mirlash bir necha oy davom etadi
26 dekabr kuni Finlandiya tizim operatori Fingrid bir kun avval nosozlikka uchragan Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi Estlink 2 elektr kabeli bir necha oy davomida ishlamasligini xabar qildi. Kompaniya dengiz kabeliga shikast yetkazilgan joy aniqlanganini ma’lum qildi va yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan kabelning ishlashini tiklash muddatini e’lon qilishga va’da berdi.
Fingrid ma’lumotiga ko‘ra, kabelning elektr tarmog‘iga ulanishi 25 dekabr kuni tushdan keyin uzilgan. Kompaniya tashqi aralashuv ehtimolini inkor etmadi, biroq hodisa sabablarini aniqlash davom etishini ta’kidladi. Qayd etilishicha, Hongkong bayrog‘i ostida suzuvchi Xin Xin Tiang 2 kemasi uzilish sodir bo‘lgan joy yaqinida payqalgan. Yle media-kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, yana bir kema - Estlink 2 kabeli hududida Kuk orollari bayrog‘i ostida Sankt-Peterburgdan Misrga yo‘l olgan va hodisa aniqlanganda sezilarli darajada sekinlashgan Eagle S.
Marinetraffic dengiz harakati monitoringi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Finlandiya chegara qo‘riqlash xizmati patrul kemasi tankerni qirg‘oqqa kuzatib qo‘ygan.
Finlandiya politsiyasi suvosti kabelining nosozligi uchun kema ekipajlari aybdor bo‘lishi mumkinligini tekshirmoqda, deb xabar beradi Reuters. «Politsiya qirg‘oqni qo‘riqlash va boshqa idoralar bilan hamkorlikda voqealar zanjirini tekshirmoqda», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AEXA Suriyadagi yadroviy inshootlarni tekshirishga ruxsat oldi
Jahon | 14:42
-
O‘zbekiston va Yaponiya vizani liberallashtirish masalasini o‘rganmoqda
O‘zbekiston | 14:21
-
2025 yilgi Haj mavsumi: 1,6 million ziyoratchi va oqimning kamayishi sabablari
Jahon | 13:53
-
AQSh Ta’lim vazirligi Kolumbiya universiteti akkreditatsiyasini bekor qildi
Jahon | 13:44
Mavzuga oid

23:16 / 05.06.2025
Shvetsiya qamoqxonalarda joy yetishmayotgani sabab mahbuslarni Estoniyaga yuboradi

00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi

21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

13:17 / 19.05.2025