Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sud TikTok ijtimoiy tarmog‘ini 3 mln rubl jarimaga tortdi
Ma’lumotlarga kirishni cheklash tartibini buzganlik uchun 3 million rubl miqdoridagi jarima so‘nggi olti oy ichida Rossiyada TikTok uchun uchinchisi bo‘ldi.
Moskvaning Taganskiy sudi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini «axborotdan foydalanishni cheklash tartibini buzganlik» uchun ma’muriy modda bo‘yicha 3 million rubl miqdorida jarimaga tortdi, deyiladi 27 dekabr, juma kuni «Moskva shahrining umumiy yurisdiksiya sudlari» Telegram-kanalida chop etilgan postda.
Rossiyada yarim yilda TikTok uchun uchinchi jarima
Taganskiy sudi tomonidan belgilangan jarima so‘nggi olti oy ichida Rossiyada ijtimoiy tarmoq uchun uchinchi shunday jazo bo‘ldi. Shu tariqa, joriy yilning noyabr va iyul oylarida TikTok ikki marta Roskomnadzorning «ko‘rsatmalariga rioya qilmagani» uchun 4 million rubl miqdorida jarimaga tortildi.
TikTok Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiyada cheklovlar bilan ishlamoqda
2022 yil mart oyi boshida TikTok platformasi Ukrainadagi urush boshlangandan keyin qabul qilingan Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» to‘g‘risidagi qonun tufayli rossiyalik foydalanuvchilarga video yuklash, jonli efir o‘tkazish, reklama, video va boshqa mamlakatlar foydalanuvchilarining akkauntlarini ko‘rishni taqiqlagan edi.
2024 yilning may oyida Rossiya OAV ijtimoiy tarmoq Rossiya Federatsiyasida qisqa muddatga to‘laqonli ishlay boshlaganini, biroq bir necha soatdan so‘ng cheklovlar qaytganini xabar qildi.
Mavzuga oid
18:53
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026