Fin ko‘rfazida kabelga zarar yetkazgan langar izi topildi
Tergovchilarning fikriga ko‘ra, Rossiyaning «soyadagi floti» tankeri Finlandiya uchun muhim elektr kabeliga zarar yetkazish uchun langarni suvostidan sudrab ketgan.
Finlandiyalik tergovchilar Boltiq dengizi tubida Estoniya va Finlandiya o‘rtasidagi Estlink 2 elektr uzatish liniyasi shikastlangan joyda «o‘nlab kilometr» iz qoldirilganini aniqladilar, deb yozadi yakshanba, 29 dekabr kuni Reuters agentligi.
«Ushbu izning uzunligi o‘nlab kilometrni tashkil etadi», — deydi agentlikka mas’ul tergovchi Sami Paylu. Shu bilan birga, Finlandiya tergov vakilining ta’kidlashicha, langarning o‘zi hali topilmagan.
Avvalroq OAVda kabelga shikast yetkazganlikda gumon qilinib, Finlandiya huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan Eagle S tankeri surati chop etilgan edi. Ular tanker chap tomonida langarga ega emasligini ko‘rsatadi, garchi u xuddi shu kemaning oldingi fotosuratlarida mavjud.
Lloydʼs List: RF tankerdan ayg‘oqchi kema sifatida foydalangan
Finlandiya hukumati tomonidan suvosti kabellariga zarar yetkazganlikda gumonlanib qo‘lga olingan Rossiyaning «soyadagi floti» tankeri Eagle S avvalroq uni «ayg‘oqchi kema»ga aylantirgan uzatuvchi va tinglovchi uskunalar bilan jihozlangan edi. Bu haqda 27 dekabr kuni Britaniyaning Lloydʼs List nashri kemaga bevosita aloqador manbaga tayanib xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kemaga «katta chamadonlarda» yetkazilgan uskunalar maxsus joyda o‘rnatilgan. U generatordan shunchalik ko‘p quvvat olganki, kemada elektr energiyasi bir necha bor o‘chib qolgan. Rossiya va Turkiya portlariga kirish paytida kemaga rus va turk klaviaturalari bilan ko‘plab noutbuklar ham yetkazib berildi.
Mavzuga oid
13:43 / 07.01.2025
Elisa kompaniyasi Finlandiya va Estoniya o‘rtasidagi kabellarni ta’mirladi
12:25 / 07.01.2025
G‘arb kabellar uzilishining oldini olish uchun sun’iy intellektdan foydalanadi
15:50 / 27.12.2024
Boltiq dengizidagi elektr kabelni ta’mirlash bir necha oy davom etadi
12:36 / 27.12.2024