Germaniyada kabel kanalidagi yonğin Dyusseldorf va Duysburg (Şimoliy Reyn-Vestfaliya) örtasidagi temiryöl uçastkasida harakatni töxtatib qöydi. Barça versiyalar tekşirilmoqda. 31 iyul, payşanba kuni dpa axborot agentligining xabar berişiça, politsiya diversiyani istisno etmayapti.
Voqea yuzasidan söl Indymedia onlayn platformasida xabar e’lon qilindi. Unda «Angry Birds jamoasi» hodisa uçun javobgarlikni öz zimmasiga oldi va sanoat tizimlariga qarşi ekanini bildirdi. Dyusseldorf politsiyasi vakili xabarni örganib, uning haqiqiyligini tekşirayotganini tasdiqladi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, bu qöporuvçilik harakatidir.
Jabr körgan uçastka kuniga 700 dan 800 gaça şaharlararo reyslarni amalga oşiradi. Uziliş 1 avgust kuni tuşgaça davom etişi kutilmoqda. Yana ikkita şikastlangan kabel topildi. Gap öt qöyiş harakati haqida ketayotgan bölişi mumkin. Poyezd maşinisti tutunni körib, trevoga kötargan. Öt öçiriş brigadasi yetib kelguniga qadar temiryöl xodimlari yonğinni öçirişga kirişgan. Endi 60 metr kabellarni almaştiriş kerak.
Köplab reyslar bekor qilindi va keçiktirildi. Bu, xususan, Berlin va Frankfurt-Maynda, şuningdek, Germaniya va Niderlandiya şimoli va janubida joylaşgan tezyurar poyezdlarga ta’sir körsatdi.








