Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin noqonuniy migrantlarga Rossiyani tark etish uchun muhlat berdi
Rossiya prezidenti imzolagan farmonga ko‘ra, noqonuniy migrantlar 2025 yil 30 aprelgacha Rossiyani tark etishi yoki o‘z holatini qonuniylashtirishi shart.
Foto: Shutterstock
Rossiya prezidenti Vladimir Putin noqonuniy migrantlarning Rossiya bo‘lishini tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan migrantlar 2025 yil 30 aprelga qadar mamlakatni mustaqil ravishda tark etishi yoki holatini qonuniylashtirishi kerak.
Farmonda belgilanishicha, o‘z holatini qonuniylashtirmoqchi bo‘lgan migrantlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- shaxsiy biometrik ma’lumotlarini topshirish yoki shaxsiy biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiyadan o‘tish;
- narkotik yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilmaganini, OITS yoki tegishli ro‘yxatdagi boshqa yuqumli kasalliklarga chalinmaganini tasdiqlash uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish;
- rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish;
- majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzni o‘z ixtiyori bilan to‘lash;
- patent, mehnat qilish, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma, o‘qish yoki yashash uchun ruxsatnoma berishni rad qilish uchun asos yo‘qligi va boshqa talablar.
Qonun 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
2024 yilda Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiruvchi bir qancha qonunlar qabul qilindi. Ulardan biriga ko‘ra, 2025 yil 5 fevraldan mamlakatda deportatsiya uchun migratsiya rejimi joriy etiladi. Ichki ishlar vazirligi sud qarorisiz noqonuniy migrantlarni chiqarib yuborish huquqiga ega bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
19:09 / 05.12.2025
Moskva meri migrantlardan norozi bo‘lganlarga qo‘lga supurgi olishni maslahat berdi
18:02 / 05.12.2025
O‘zbekiston 2024 yilda Rossiyadan 39 mln dollar qarz oldi
14:47 / 05.12.2025