Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya janubida erkak ekskavatorni o‘g‘irlab ketib, politsiyachilarni jarohatladi
Baden-Vyurtemberg federal yerida 38 yoshli erkak qurilish maydonchasidan ekskavatorni o‘g‘irlab ketdi va bir nechta mashinaga zarar yetkazdi, uch politsiyachi jarohat oldi. U faqat otishma bilan to‘xtatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
31 dekabr, seshanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 13.30 da Baden-Vyurtemberg federal yerining Gryunsfeld shahrida 38 yoshli nemis qurilish maydonchasidan ekskavatorni o‘g‘irlab ketdi. Politsiya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, transport vositasini boshqarib, u qo‘shni Tauberbishofsxaym shahri tomon yo‘l bo‘ylab haydashdan oldin qurilish kompaniyasi binosi va bir nechta avtomobillarga zarar yetkazgan.
Yo‘lda erkak ekskavator bilan bir nechta shaxsiy avtomobillarga zarar yetkazgan, uch nafar politsiyachi yengil jarohat olgan. Patrul mashinalari o‘g‘rini kuzatib borishdi, biroq uni to‘xtatishga harakat qilishmadi, deb xabar berdi politsiya dpa'ga.
Politsiya o‘qotar qurol ishlatishga majbur bo‘ldi
Tauberbishofsxaymga kirib, erkak avtomobil ta’mirlash ustaxonasi hududiga yo‘l olgan, u yerda «ekskavator bilan mulkka katta zarar yetkaza boshladi», deyiladi press-relizda. Ular soat 14.22 larda o‘qotar qurol yordamida uni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lishgan. Reanimatsiya choralariga qaramay, erkak voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, yaralangan politsiyachilardan biri kasalxonaga yuborilgan va unga zarur yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.
Ekskavator o‘g‘risining xatti-harakati ehtimoliy sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
18:47 / 14.06.2026