Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi
2024 yilning sentabrida dunyodagi eng keksa ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Tomiko Itooka 116 yoshida vafot etdi.
Dunyodagi eng keksa ayol Tomiko Itooka 116 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Kyodo agentligi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayol 2024 yil 29 dekabr kuni tabiiy sabablardan vafot etgan. U 2023 yilning dekabr oyida 116 yoshli Fusa Tatsumi vafotidan keyin Yaponiyaning eng keksa ayoli nomiga sazovor bo‘lgandi.
Xyogo prefekturasining ma’lum qilishicha, Itooka 1908 yil 23 mayda Osakada dunyoda kelgan.
Ginnesning rekordlar kitobi unga eng keksa inson maqomini rasman 2024 yil sentabrda topshirgan edi. O‘shanda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa ayol sifatida kiritilgan ispaniyalik Mariya Branyas Morera 117 yoshida vafot etgan edi.
Itookaning vafotidan keyin braziliyalik Ina Kanabarro Lukas dunyodagi eng keksa ayolga aylandi — u ham hozirda 116 yoshda.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026