Yangi Suriyada terrorchi tashkilotlarga o‘rin yo‘q – Erdo‘g‘an
Turkiya prezidenti Suriyadagi voqealar mintaqada yangi beqarorlikka olib kelmasligini ta’minlashga harakat qilishini aytdi.

Foto: Anadolu Agency
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi (KRAI) bosh vaziri Masrur Barzoniy bilan Anqarada uchrashdi.
Anadolu xabariga ko‘ra, Erdo‘g‘an va Barzoniy avvaliga yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazgan, so‘ngra kengaytirilgan delegatsiyalar formatida muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
Erdo‘g‘an uchrashuvda mintaqa barqarorligi va farovonligini oshiradigan loyihalarni, ayniqsa, «Taraqqiyot yo‘li» loyihasini amalga oshirish zarurligini ta’kidlagan. Turkiyaning o‘lka bilan aloqalari va mintaqaviy masalalar muhokama qilingan.
Erdo‘g‘an Suriyadagi so‘nggi voqealarni hisobga olib, Turkiyaning Iroq barqarorligi va xavfsizligini saqlashga katta ahamiyat berishini va Suriyadagi voqealar mintaqada yangi beqarorlikka olib kelmasligini ta’minlashga harakat qilishini aytgan.
Turkiya davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, yangi Suriyada terrorchi tashkilotlar va ularga aloqador unsurlarga o‘rin yo‘q.
Avvalroq, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an parlamentda hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi a’zolari bilan muloqot chog‘ida Suriyadagi kurd qurolli guruhlar yo qurollarini tashlaydi yoki «ko‘miladi» degan edi.
Turkiya AQSh bilan ittifoqdosh Suriya demokratik kuchlarining (SDF) asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan kurd Xalq mudofaasi bo‘linmalarini (YPG) Turkiyaga qarshi isyon olib borayotgan Kurdiston ishchilar partiyasining bir bo‘lagi deb biladi.
Bashar Asad ag‘darilganidan keyin Anqara Suriya kelajagida YPG guruhiga o‘rin yo‘qligini ta’kidlab, uni tarqatib yuborishni talab qilib kelmoqda. KIP – Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terror tashkiloti deb tan olingan.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi
Jahon | 22:57
-
Belarus sanksiyalarni chetlab o‘tib, Gambiyadan uchta Airbus samolyotini sotib oldi
Jahon | 22:54
-
Litvada o‘tkazilgan harbiy mashg‘ulotlarda to‘rt nafar amerikalik harbiy bedarak yo‘qoldi
Jahon | 22:14
-
Hindiston va Xitoy Trampning tahdidi sabab Venesueladan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 22:09
Mavzuga oid

21:56 / 25.03.2025
AQSh Suriyaga sanksiyalarni yumshatish uchun shartlar qo‘ydi

15:43 / 25.03.2025
Turkiyada Erdo‘g‘an erasi va Imomo‘g‘li omili – siyosatshunoslar nigohida

13:46 / 25.03.2025
Suriyada internet butunlay uzilib qoldi

09:34 / 25.03.2025