Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi
Barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holati yaxshilanadi, yangi qurilayotgan muassasalarda ular binoning ichki qismida joylashtiriladi.
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Aholi, ayniqsa yosh avlod vakillari tomonidan sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida 2025 yil 1 maydan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi:
a) barcha sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalarida:
- qo‘l yuvish joylarini zarur sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash;
- sanitariya-gigiyena xonalarining texnik holatini yaxshilash, yangi qurilayotgan muassasalarda ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
- yil davomida birinchi navbatda qo‘l yuvish va antiseptik vositalarni xarid qilishni nazarda tutish;
b) barcha turdagi jamoat sanitariya-gigiyena xonalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlarini sanitariya-gigiyena vositalari bilan ta’minlash majburiyatini kiritish.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I.Norqulov) birinchi darajali mablag‘ taqsimlovchilarning asoslangan hisob-kitoblariga asosan 2025 yil davomida budjet tashkilotlarida mazkur banddagi tadbirlar uchun zarur bo‘lgan hollarda qo‘shimcha mablag‘lar ajratadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi (B. Yusupaliyev) ushbu bandda nazarda tutilgan muassasalarda sanitariya-gigiyena holatini saqlash uchun vositalar ajratish bo‘yicha normativlarni qayta ko‘rib chiqadi va ularning amalda bajarilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatadi.
Mavzuga oid
12:13 / 21.01.2026
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
12:22 / 14.01.2026
In’yeksiyadan infeksiyagacha: kosmetologiyada gigiyena muammosi nimaga olib kelyapti?
12:44 / 17.11.2025
Oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya xulosasi 3 yilga beriladi
17:22 / 07.05.2025