Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash boshlanadi
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari JST talablariga muvofiqlashtiriladi.
Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini kuchaytirish va bu borada sanitariya qoidalarini ishlab chiqib, me’yorlarni yuqori standartlarga muvofiqlashtirish maqsadida:
- 2025 yil 1 iyulga qadar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining laboratoriyalarini oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyog‘larni aniqlash uchun zarur jihozlar bilan ta’minlash choralari ko‘riladi;
- 2025 yil 1 avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi ta’minlanadi.
Mazkur bandning so‘zsiz, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini ta’minlashga mas’ul etib sog‘liqni saqlash vaziri – A.Xudoyorov belgilanadi.
Mavzuga oid
11:24 / 31.05.2026
O‘g‘itlar inqirozi, logistika va proteksionizm: oziq-ovqat narxlari nega oshib boryapti?
20:32 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida yagona markazlashgan tizim yaratiladi
18:38 / 12.05.2026
Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi tuzildi. Unga Azizbek Urunov rais bo‘ldi
07:47 / 15.04.2026