Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya bosh vaziriga zaharli modda solingan maktub jo‘natildi
Maktubni ochib ko‘rgan bosh vazir ofisi xodimi jarohat olgan. Shuningdek, bu kabi maktublar Belgiya Ichki ishlar vazirligi binosidan ham topilgan.
Foto: Politico
Belgiya bosh vaziri Aleksandr de Kroo ofisining xodimi 22 noyabr kuni zaharli modda ta’sirida shifoxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, ushbu modda bosh vazir qarorgohiga olib kelingan qog‘oz maktub ichidan chiqqan. Shu kabi maktublardan yana bir nechtasi 20 noyabrdan 9 dekabrga qadar Belgiya IIV binosidan topilgan.
«U maktubni ochgan va jabr ko‘rgan. Shundan keyin uni shifoxonaga olib borishgan. Boshqa hech kimga zarar yetmadi… Hozir hamkasbimiz o‘zini yaxshi his qilmoqda. Yana shu kabi yangi holatlar yuz bermasligi uchun xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilindi», — deydi Belgiya bosh vazirining matbuot kotibi Barend Leyts.
Belgiya prokuraturasining Le Soir nashriga ma’lum qilishicha, bosh vazir ofisi va IIV binosidan topilgan maktublar ichidagi zaharli modda strixnin bo‘lgan. U organizmga tushsa, o‘limga olib kelishi mumkin. Prokuraturaga ko‘ra, zaharga tegingan xodimlarning qo‘li kuygan.
Tergov davom etmoqda, ehtimoliy gumonlanuvchilardan hech biri topilmagan.
Mavzuga oid
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
18:44 / 09.12.2025
Belgiyadan Toshkentga samolyotda zotdor qoramollar yetkazildi
00:35 / 01.12.2025
Belgiya Rossiyaning “muzlatilgan” pullarini Kiyevga berish uchun uchta shart qo‘ydi – OAV
20:48 / 14.11.2025